Qur’oni karim devorda osilib emas, balki shkafning ichida tursa, yotganimda oyog‘im o‘sha shkafga qaratilib turishi mumkunmi yoki Qur’onni boshqa joyga olib qo‘yish kerakmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Qur’on Allohning shiorlaridandir. Shior deb ko‘rganda Allohni eslatadigan narsalarni aytiladi.
Alloh taolo Qur’oni karimda:
وَمَنْ يُعَظِّمْ شَعَائِرَ اللَّهِ فَإِنَّهَا مِنْ تَقْوَى الْقُلُوبِ
“Kim Allohning shiorlarini ulug‘lasa, bas, albatta, bu, qalblarning taqvosidandir” (Haj surasi 32 oyat), deb marhamat qilgan.
Imkon qadar Qur’onni ulug‘lashimiz lozim. Oyoqni boshqa joyga uzatishni imkoni bo‘lmasa, Qur’oni karimni boshqa joyga olib qo‘yinglar. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.