QUR’ONI KARIM MUSHAFINI SOTISH JOIZMI?

ID: 639

04.04.2025

12

Savol:

Qur’oni karimda “Mening oyatlarimni arzimas matohga almashtirmanglar…” qabilida oyat bor. Shu oyatga amal qiladigan bo‘lsak, muqaddas Qur’oni karim kitobini sotish joizmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Hanafiy mazhabimiz hamda molikiy, Shofei'y mazhabi olimlarining yakdil fatvolariga ko‘ra, Qur’oni karim mushafini sotish joizdir. Chunki sotiladigan narsa qog‘oz, siyoh, jild va shu kabilardan iboratdir. Alloh taolo Qur’oni karimning Baqara surasida: “Alloh savdo-sotiqni halol qildi”, degan (275-oyat).

Savolda zikr qilingan Alloh taoloning: “Oyatlarimni ozgina bahoga sotmangiz va Mendangina qo‘rqingiz!” (Baqara surasi, 41-oyat) mazmunidagi oyati karimasi Banu Isroil qavmiga xitoban nozil qilingan bo‘lib, ular o‘zlarining muqaddas kitoblari “Tavrot”ning ayrim oyatlarini pul evaziga o‘zgartirishgan edilar. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar