QUR'ON TINGLASH ODOBI

ID: 2572

15.09.2025

209

Savol:

Oshxonada idish yuvayotganda, ovqat qilayotganda telefondan Qur'on eshitib qilsa bo'ladimi ?

Javob:

Oshxona ishlarini qilayotib telefon orqali Qur’on tilovatini eshitish mumkin. Bundagi asosiy shart – tilovatga imkon qadar quloq solish va Kalomullohga nisbatan hurmatni saqlashdir. Agar bajarayotgan ishingiz fikringizni butunlay band qilib, tilovatni anglash va unga quloq solishga xalaqit bersa, bu Qur’on odobiga zid hisoblanadi. Shu sababli, ulamolar insonlar tinglashga imkoni bo‘lmaydigan darajada shovqinli va band joylarda tilovat qilishni Qur’onni behurmat qilish deb bilishgan. Xulosa shuki, agar fikringiz jam bo‘lsa eshitishingiz mumkin, aks holda tilovatni to‘xtatib qo‘yish afzaldir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar