QUR’ON O‘QISH UCHUN QILINGAN TAHORAT BILAN NAMOZ O‘QISA BO‘LADIMI?

ID: 457

04.04.2025

4

Savol:

Qur’on o‘qish uchun qilingan tahorat bilan namoz o‘qisa bo‘ladimi? Bir joyda o‘qib bo‘lmaydi, deb o‘qigandim. Shu masalaga oydinlik kiritib bering.

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Qur’on o‘qish uchun tahorat qilinsa, u bilan namoz ham o‘qib bo‘ladi.

Lekin Qur’on o‘qish niyatida tayammum qilsa, o‘sha tayammum bilan namoz o‘qiy olmaydi. Mulla Ali Qori rahimahulloh aytadilar:

ولو تيمَّمَ لقراءة القرآن لا تجوز به الصلاة هو الصحيح، وكذا لو تيمَّمَ لدخولِ المسجد أو مسِّ المصحف ثم صلَّى الفريضةَ لا يجوز عند عامَّة العلماء

"Qur’oni karim qiroati niyatida tayammum qilsa, u bilan namoz o‘qish joiz emas. Shu so‘z to‘g‘ridir. Xuddi shunday, masjidga kirish, mushafni ushlash niyatida tayammum qilib, keyin farz namozini o‘qisa, barcha ulamolar nazdida namozi durust bo‘lmaydi" ("Fathi bobil inoya" kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar