Qur’oni karim tilovat qilinayotganda tasbeh aytsa bo‘ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Qur’on tilovat qilinganda uni tinglash va jim turish vojib amal. Alloh taolo Qur’oni karimda:
وَإِذَا قُرِئَ الْقُرْآنُ فَاسْتَمِعُوا لَهُ وَأَنْصِتُوا لَعَلَّكُمْ تُرْحَمُونَ
"Qur’on o‘qilganda unga quloq tuting va jim bo‘ling. Shunda rahm qilinursiz", — degan (A’rof surasi, 204-oyat).
Qolaversa, tilovatni tinglash ham katta ibodat sanaladi. Shuning uchun tilovatni tinglash kerak. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.