Biz marhumlar uchun Qurʼon hatm qilib ularga bagʻishlaymiz. Tiriklar uchun ham Qurʼonni ōqib ular uchun bagʻishlasa bōladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim. Ha, bo'ladi. Bir kishi ro'za, namoz, sadaqa yoki xatmi Qur'on kabi ibodatlar savobini vafot etganlarga ham tiriklarga ham bag'ishlashi joiz. Bunda ibodatning farz yoki nafl bo'lishining ahamiyati yo'qdir. Alloma Ibn Obidin rohimahulloh shunday naql qiladilar: وَفِي الْبَحْرِ: مَنْ صَامَ أَوْ صَلَّى أَوْ تَصَدَّقَ وَجَعَلَ ثَوَابَهُ لِغَيْرِهِ مِنْ الْأَمْوَاتِ وَالْأَحْيَاءِ جَازَ، وَيَصِلُ ثَوَابُهَا إلَيْهِمْ عِنْدَ أَهْلِ السُّنَّةِ وَالْجَمَاعَةِ كَذَا فِي الْبَدَائِعِ، ثُمَّ قَالَ: وَبِهَذَا عُلِمَ أَنَّهُ لَا فَرْقَ بَيْنَ أَنْ يَكُونَ الْمَجْعُولُ لَهُ مَيِّتًا أَوْ حَيًّا. وَالظَّاهِرُ أَنَّهُ لَا فَرْقَ بَيْنَ أَنْ يَنْوِيَ بِهِ عِنْدَ الْفِعْلِ لِلْغَيْرِ أَوْ يَفْعَلَهُ لِنَفْسِهِ ثُمَّ بَعْدَ ذَلِكَ يَجْعَلُ ثَوَابَهُ لِغَيْرِهِ، لِإِطْلَاقِ كَلَامِهِمْ، وَأَنَّهُ لَا فَرْقَ بَيْنَ الْفَرْضِ وَالنَّفَلِ. “Bahr” kitobida yozilishicha: “Kim ro'za tutsa yoki namoz o'qisa yoki sadaqa qilsa va savobini o'zidan boshqa tiriklar va o'liklarga baxshida qilsa joiz va Ahli sunna val-jamoa nazdida ushbularning savobi ularga etadi (“Badoe'”). Юqoridagi so'zlardan ma'lum bo'ladiki, savob hadya qilinayotgan inson vafot etgan yoki tirik bo'lishini farqi yo'qdir. Yana, bir ibodatni boshqa inson uchun, deb niyat qilishi yoki uni o'zi uchun qilib, savobini boshqaga bag'ishlashining farqi yo'qligi ulamolar so'zlarining umumiyligidan ma'lumdir. Qolaversa savobini bag'ishlashda farz va nafl ibodatlar o'rtasida ham farq yo'qligi ochiqdir” ("Raddul muhtor" kitobi). Vallohu a'lam.