QURBONLIKDA "BISMILLAH" DESA HAM O‘TADIMI?

ID: 501

04.04.2025

53

Savol:

Qurbonlik so‘yishda "Bismillahi Allohu akbar" demasdan "Bismillah" desa ham o‘tadimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

O‘tadi. Jonliq so‘yishda “Bismillahi Allohu akbar” deb so‘yish sunnatga muvofiq so‘yishdir. “Durrul Muhtor” kitobida quyidagicha kelgan:

و المستحب ان يقول بسم الله الله اكبر بلا واو

“Jonliq so‘yishda “vov harfisiz bismillahi Allohu akbar” deb so‘ymoq mustahabdir”. (9 jild, 437 bet).

Lekin, kimdir so‘yishda “Bismillah”ni o‘zini aytgan bo‘lsa ham uning so‘yishi to‘g‘ri bo‘ladi. “Bahrur-royiq” kitobida shunday deyilgan:

ولو قال بسم الله جاز نوي او لم ينو لانه صريح في التسمية 

“Agar so‘yuvchi jonliq so‘yishda niyat qilsa yoki qilmasa “bismillah” desa joiz bo‘ladi. Chunki, “bismillah” tasmiya borasida ochiq ravshandir” (8-juz, 307-bet). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar