QUʼONNI TOʼGʼRI YOD OLISH UCHUN NIMA QILISH KERAK

ID: 3763

30.10.2025

28

Savol:

Men Qur’onni noto‘g‘ri yodlab olishdan qo‘rqyapman. To‘g‘ri yod olishim uchun nima qilishim kerak?

Javob:

Albatta, Qur’onni xato yodlab olishdan qo‘rqishingiz o‘rinli, chunki tilovatning to‘g‘riligi va harflarning maxraji namozning durustligiga bevosita ta’sir qiladi. Qur’oni Karimni to‘g‘ri yodlashning yagona va eng ishonchli yo‘li malakali va ilmli ustoz topishdir. Qur’on faqat ustoz nazorati ostida, tajvid qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda og‘izma-og‘iz o‘rganiladi. O‘zboshimchalik bilan o‘qib yodlash ko‘pincha tuzatish qiyin bo‘lgan xatoliklarga olib kelishi mumkin.

Yurtimizda faoliyat yuritayotgan maxsus Qur’oni karim va tajvid bo‘limlariga murojaat qilsangiz, ular sizga bu masalada yordam beradilar. Telefon: 71-227-23-47

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar