AYOLLAR SOCHLARINI BO‘YASHI XAQIDA ANIQ MALUMOT TOPA OLMAYAPMAN SOCH BOYALSA GʻUSUL O‘TMAYDI DEYDI BAZILAR O‘TADI DEYDI SHUNGA SHU TO‘GʻRISIDAXAM FATVO MARKAZIDAN BIROR BIR MA'LUMOT BORMI ILTMOS JOVOBI MEN UCHUN JUDA MUHIM

ID: 2036

21.08.2025

115

Savol:

Ayollar sochlarini bo‘yashi xaqida Aniq malumot topa olmayapman soch boyalsa gʻusul o‘tmaydi deydi bazilar o‘tadi deydi shunga shu to‘gʻrisidaxam fatvo markazidan biror bir ma'lumot bormi iltmos jovobi men uchun juda muhim

Javob:

Bu surtiladigan bo‘yoqning holatiga qarab bo‘ladi. Agar sochga suv o‘tkazmaydigan bo‘lib, soch tolalarini qoplab olsa, bunda tahorat o‘tmaydi va bunday bo‘yoqdan foydalanib bo‘lmaydi. Bu masalada hukm sochga suv yetish yoki yetishmasligiga bog‘liqdir. Hozirgi kimyoviy kraskalarda bo‘yalganida sochning ostiga suv yetmasligi aniq yoki shubhali bo‘lsa, uni tark qilish kerak. Chunki Rasululloh sallallohu alayhi vasallam “Sizni shakka solayotgan narsani qo‘yib, aniq narsaga amal qiling”, deganlar. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar