QOSH

ID: 1932

18.08.2025

147

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Men quyidagi masala bo‘yicha savol bermoqchiman: Agar erkak kishining qoshlari orasidagi sochlar (monobrov) juda qalin bo‘lsa va bu noxush ko‘rinsa, uni olib tashlash (tozalash) islomda joizmi? Bu masalada fiqhiy hukm qanday? Alloh sizlardan rozi bo‘lsin.

Javob:

Va alaykum assalom va rohmatullohi va barokatuh. Ha, ikki qosh o‘rtasidagi sochlar noxush ko‘rinsa, uni olib tashlash mumkin. Chunki burunning yuqorisidagi tuklar qosh hisoblanmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar