Qorong‘u joyda ham namoz o‘qisa bo‘ladimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Bo‘ladi. Chunki, qorong‘u joyda namoz o‘qishning hech qanday karohiyati yo‘q. Chunki Payg‘ambarimiz sollallohu alayhi vasallam qorong‘uda namoz o‘qiganlari haqida hadislar mavjud. Jumladan, quyidagi hadisda mana bunday deyiladi:
عن عائشة رضي الله عنها قالت: فَقَدْتُ النَّبِيَّ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ ذَاتَ لَيْلَةٍ فَجَعَلْتُ أَطْلُبُهُ بِيَدِي فَوَقَعَتْ يَدِي عَلَى قَدَمَيْهِ وَهُمَا مَنْصُوبَتَانِ (رواه مسلم والترمذي)
Oisha roziyallohu anho aytadilar: ''Bir kecha Rasululloh sollallohu alayhi vasallamni o‘rnilarida yo‘qotib qo‘yib, qo‘lim bilan paypaslab, izlay boshladim. Nogahon qo‘lim oyoqlarining ostiga tegdi. O‘zlari sajdada va oyoqlarining tag qismini tik turgizib olgan holda ekanlar" (Imom Muslim va Termiziy rivoyat qilgan). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.