Assalomu alaykum, ahli ilm. Savolim shundan iboratki, ayol kishi Umra amallarini bajarganda, qornidagi homila ham Umra qilgan bo'ladimi? Shuning hukmi qanday bo'ladi? Oldindan rahmat!
Vaalaykum assalom. Fiqhiy qoidalarga ko'ra, ibodat durust bo'lishi uchun niyat va aql shart qilingani sababli, ona qornidagi homila Umra qilgan hisoblanmaydi. Bu ibodat faqat onaning nomidan qabul bo'ladi va savobi faqat o'ziga yoziladi. Vallohu a'lam.