Assalomu alaykum. Ibn Umar roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi. «Nabiy sollallohu alayhi vasallam: «Bizga ikki o‘limtik va ikki qon halol qilindi. Ikki o‘limtik baliq va chigirtkadir. Ikki qon bo‘lsa, jigar va qora taloqdir», dedilar». Ibn Moja va al-Hokim rivoyat qilganlar. Savolim shundaki, yurak halol hisoblanadimi yoki harom?
Shar’iy tarzda so‘yilgan halol hayvonning yuragini iste’mol qilish joiz va halol hisoblanadi. Shu sababli, uning iste’molida shar’an hech qanday monelik yo‘q.