men yaqinda ish yuzasidan qolimga (super kley) tokib yubordim va uni yaxshilab tozalab tahorat qildim ammo bir necha kundan keyin qolimga qarasam tirnoq ustida judayam oz miqdorda yani korinmaydigan darajada qolib ketgan ekan shunda meni olgan tahorat yoki g'usulim otgan boladimi?
Badanga yopishgan yelimni miqdoriga qaraladi. Agar suv o‘tkazmaydigan darajada bo‘lsa g‘usl mukammal bo‘lmagan bo‘ladi. Fiqhiy manbalarimizda quyidagicha bayon qilinadi:
وَ لَا يَمْنَعُ مَا عَلَى ظُفْرِ صَبَّاغٍ وَ لَا طَعَامٌ بَيْنَ أَسْنَانِهِ أَوْ فِي سِنِّهِ الْمُجَوَّفِ بِهِ يُفْتَى . وَقِيلَ إنْ صُلْبًا مَنَعَ ، وَهُوَ الْأَصَحُّ .
“Bo‘yoqchining tirnog‘idagi rang, tishlar orasidagi yoki tishlarning kovagidagi taom fatvo berilgan qavlga ko‘ra g‘uslni man qilmaydi. Bir qiylga ko‘ra tishlarning kovagidagi qoldiqlar qattiq yopishib qolsa, g‘uslni man’ qiladi. Shu qavl sahihroqdir” (Raddul muhtor). Demak, yelim ham qattiq yopishib suvni o‘tkazmaydigan darajada bo‘lsa uni ko‘chirib qaytada g‘usl qilish va o‘tgan vaqt mobaynida o‘qilgan namozlarni qayta o‘qib olinadi. Hadisi sharifda shunday deyiladi: عَنْ عَلِىٍّ أَنَّ رَسُولَ اللَّهِ قَالَ "مَنْ تَرَكَ مَوْضِعَ شَعْرَةٍ مِنْ جَنَابَةٍ لَمْ يُصِبْهَا الْمَاءُ فُعِلَ بِهَا كَذَا وَكَذَا مِنَ النَّارِ".
Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Kimki janobatda bir tuk o‘rnini tark qilsa, unga suv tegmasa, unga do‘zaxdan shunday, shunday qilinadi” dedilar” (Doramiy rivoyati).