Assalomu alaykum. Baliq ko'llaridagi ov haqida savolim bor edi. Odatdagi kunlarda ko'l egalari ko'lga 50–80 kg atrofida har xil hajmdagi baliqlarni tashlab berishadi. Ko'lga kirish narxi bitta qarmoq uchun 30 ming so'm, ikkita qarmoq uchun 50 ming so'm qilib belgilangan. Bunga ikkala taraf ham rozi bo'ladi. Biroq ko'l egalari ma'lum bir kunni e'lon qilib, shu kuni musobaqa bo'lishini aytishadi. Unda «bir tonna baliqni 3–4 ta ko'lga bo'lib tashlab beramiz» deb, kirish narxini uch baravar oshirib, 150 000 so'm qilib belgilaydilar va 300–400 ta chipta sotadilar. Sovrin uchinchi shaxs tomonidan emas, balki ko'l egasining o'zi tomonidan qo'yiladi. Sovrinlar: 1-o'ringa «Tiko» avtomobili, 2-o'ringa velosiped, 3-o'ringa televizor. Eng katta baliq ushlagan kishi g'alaba qozonadi. Shunday musobaqada ishtirok etish joizmi? Odamlar juda ko'p kirishmoqda. Javob uchun oldindan rahmat.
Vaalaykum assalom. Bunday musobaqada qatnashish joiz emas. Chunki chipta narxining odatdagidan oshirilishi va sovrinning shu ortiqcha mablag'lar hisobidan shakllantirilishi buni qimorga aylantiradi. Garchi tutilgan baliq ishtirokchida qolsa-da, u юtuq umidida ko'proq mablag' tikishga rozi bo'lib, qimorga qo'l urayotgan hisoblanadi. Vallohu a'lam.