QIZLARIMNING NAMOZ O‘QIMAY QOLISHIGA YURAGIM EZILADI

ID: 515

04.04.2025

120

Savol:

Qizlarim 13 va 11 yoshda. Namoz o‘qitaman lekin xar doim ham o‘qimaydi. Chunki qaynonam har gapirganimda hali vaqti bor deydi. Men qizlarimni bir o‘qib, bir o‘qimay qolishiga yuragim eziladi, u dunyoda qanday javob beraman deb.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Qizlaringizdan namozni talab qilishda, nazorat qilishda va shu bilan birga targ‘ib qilishda davom etavering. Sabrli bo‘ling. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday buyurgan:

وَأْمُرْ أَهْلَكَ بِالصَّلَاةِ وَاصْطَبِرْ عَلَيْهَا

"Ahli(oila)ngizni namoz (o‘qish)ga buyuring va (o‘zingiz ham) unga bardoshli bo‘ling!" (Toho surasi, 132-oyat).

Ota-ona farzandlarining namozxon bo‘lishlariga mas’uldirlar. Mashhur sahoba Abdulloh ibn Mas’ud raziyallohu anhu esa: "Bolalaringizning namoz o‘qishlarini nazorat qiling!" deganlar. Agar bola namozga beparvo bo‘lsa, dinimizning harom-halol, odob axloq kabi boshqa masalalariga batariqi avlo e’tiborsiz bo‘ladi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar