QIYSHIQ TISHLARNI TO‘G‘RILASH XILQATNI O‘ZGARTIRISHGA KIRMAYDIMI?

ID: 708

04.04.2025

39

Savol:

Tishlarim qiyshiqligi hamda qoziq tishim labimdan bilinib turgani uchun tishlarimga sim (briket) qo‘ydirib to‘g‘rilatganman. Hadislarda tish orasini kengaytirganlarga la’nat aytilgan ekan. Men aksincha to‘g‘rilatdim. Ichimga shubha tushdi. Men noto‘g‘ri ish qildimmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Siz noto‘g‘ri ish qilmagansiz. To‘g‘ri, Payg‘ambarimiz alayhisalom inson xilqatini o‘zgartirishdan qaytarganlar. Lekin u qaytarish sog‘lom a’zoni ziynat uchun o‘zgartirishga tegishli. Nosog‘lom a’zoni tuzatish, o‘z holatiga keltirish uchun qilingan davo choralari man qilingan ish emas. Chunki, shariatda aybni ketkazish joiz. Imom Termiziy rivoyat qilgan hadisda: "Kilob urushi kuni Arjafa ibn As’ad raziyallohu anhuning burni kesildi. U o‘ziga kumushdan burun yasab oldi. Ammo u sasib ketdi. Shunda, Nabiy sallallohu alayhi vasallam amr qildilar va u o‘ziga tilladan burun yasab oldi", deyilgan.

Ammo bor chiroyga yana chiroy qo‘shish maqsadida turli amaliyotlar qo‘llash nojoiz. Bu mavzuda avval batafsil javob (https://t.me/diniysavollar/479) berilgan. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar