QISQA MUDDATGA UYIGA KELGAN MUSOFIR NAMOZLARINI QASR QILADIMI?

ID: 49

04.04.2025

133

Savol:

Men Qo‘qon shahridanman. Toshkentdan Qo‘qonga qatnab, taksichilik qilaman. Yo‘lovchilarning ba’zisi Qo‘qonning o‘ziga borsa, yana ayrimlari shaharga qo‘shni bo‘lgan qishloqlarga boradi. Toshkentga borish va qaytishda namozni qasr o‘qish kerakligini bilaman. Qaytishda namozni qayerdan boshlab to‘liq o‘qiyman?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Siz Qo‘qon shahriga kirishingiz bilan muqim holatga o‘tasiz va namozlarni to‘liq o‘qishni boshlaysiz. Uyingizga yetib borishingiz shart emas. Agar siz shahringizga kirib, u yerda to‘xtamay, chiqib ketsangiz ham to‘liq o‘qiysiz. Ayrim odamlar aynan o‘zining uyiga yetib kelish bilan namozni to‘liq o‘qishni boshlaydi, degan tushunchada bo‘ladi. Bu xato fikrdir. Shuningdek, shaharga yaqin kelib, hali shaharga kirmagan bo‘lsangiz ham musofir hukmida qolasiz.

Bu haqida “Badoyeus sanoye” kitobida quyidagi ma’lumotlar aytilgan:

فالمسافر إذا دخل مصره صار مقيما سواء دخلها للاقامة أو للاجتياز أو لقضاء حاجة والخروج بعد ذلك 

“Musofir o‘z shahriga kirganda muqimga aylanadi. U shahriga shu yerda qolish maqsadidami yoki o‘tib ketish uchunmi yo biror hojatini bitirib, chiqib ketish uchun kirganmi, farqi yo‘q (ya’ni to‘liq o‘qiydi)”.

وإذا قرب من مصره فحضرت الصلاة فهو مسافر ما لم يدخل لما روى أن عليا رضى الله عنه حين قدم الكوفة من البصرة صلى صلاة السفر وهو ينظر إلى أبيات الكوفة

“Musofir o‘z shahriga yaqinlashib qolganda namoz vaqti kirib qolsa, kirmagunicha musofir bo‘lib turadi. Buning dalili shuki, hazrati Ali roziyallohu anhu Basradan Ko‘faga kelayotganda musofir holida namoz o‘qigan. Holbuki Ko‘fadagi uylar ko‘rib turgan edilar”. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar