QILGAN SAVOBLI AMALNI AYTISH RIYOMI?

ID: 6964

03.02.2026

177

Savol:

Assalomu alaykum, ustozlar! Ba'zida qilgan ba'zi bir savobli amallarimni birovga: «Allohning hidoyati, tavfiqi va fazli bilan shu amalni qilganman», deyman. Yoki niyatim maqtanish bo'lmasa-da, ba'zi bir amalimni shunchaki aytib qo'yaman. Birovga aytgan shu savobli amalimning hukmi nima bo'ladi? Savobi kamayadimi yoki amalim habata bo'ladimi?

Javob:

Vaalaykum assalom varahmatullohi vabarakatuh. Barcha amallarning qabul bo'lishi va ajr yozilishi undan ko'zlangan niyatga bog'liqdir. Agar siz qilgan yaxshiligingizni odamlar bilsin, maqtasin yoki obro'yim oshsin degan maqsadda aytgan bo'lsangiz, bu riyo hisoblanadi va amalning savobini yo'qqa chiqaradi. Ammo niyatingiz maqtanish emas, balki Alloh taoloning sizga bergan muvaffaqiyati va ne'matini e'tirof etish bo'lsa, bu ishingiz riyo bo'lmaydi va inshaalloh, savobi kamaymaydi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar