QIBLAGA QARAB OYOQ UZATISH

ID: 422

04.04.2025

614

Savol:

Ko‘pincha qibla tarafga qarab oyoq uzatib yotishga majbur bo‘lamiz. Yoshligimizdan bizga “qiblaga oyoq cho‘zma, yomon bo‘ladi” deb o‘rgatishgan. Ammo nega yomon bo‘ladi yoki bu holat shunchaki qiblaga nisbatan hurmatsizlikmi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Qibla — Allohning shiorlaridan, din nishoni va belgilaridan biridir. Alloh taolo Qur’oni karimda shunday marhamat qiladi:

ذَلِكَ وَمَن يُعَظِّمْ شَعَائِرَ اللَّهِ فَإِنَّهَا مِن تَقْوَى الْقُلُوبِ ۝

ya’ni: "...Kim Allohning shiorlarini ulug‘lasa, albatta, bu qalblarning taqvosidandir" (“Haj” surasi, 32-oyat).

Shuning uchun qiblaga qarab oyoq uzatib o‘tirish, qibla tarafga qarata tuflash, qiblaga oldini yoki orqasini qilib hojat chiqarish makruhdir. Alloma Abdulhay Laknaviy rahimahulloh shunday deydilar:

ويكره مد الرجلين إلى الكعبة في النوم وغيره عمدا من غير عذر

“Uyquda yoki uyg‘oqlikda uzrsiz Ka’baga ikki oyoqni uzatish makruh sanaladi” (“An-Nofiul kabir” kitobi). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar