Biz hozir kasalxonadamiz namoz o‘qigan vaqtimizda qibla tarafda odam bo‘ladi. Uxlayotgan yoki dam olayotgan bo‘ladi. Shuning zarari yo‘qmi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Agar qibla tarafdagi kishi harakatlanib turgan bo‘lmasa yoki gapirib turgan bo‘lmasa balki jim o‘tirgan yoki yotgan yoki uxlayotgan bo‘lsa, unga qarab namoz o‘qish joiz.
Oisha roziyallohu anho onamizdan rivoyat qilinadi:
كان رسول الله صلى الله عليه وسلم يصلي من صلاة الليل كلها وأنا معترضة بينه وبين القبلة، فإذا أراد أن يوتر أيقظني فأوترت
“Nabiy sollallohu alayhi vasallam tunni barchasida namoz o‘qirdilar. Men esa u zot bilan qibla orasida ko‘ndalang bo‘lib yotar edim. Agar vitr o‘qishni xohlasalar, meni uyg‘otardilar. Men ham vitr o‘qir edim”. Imom Muslim rivoyati. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Fatvo markazi.