QAZO NAMOZLARNI QANDAY ADO QILSAM BO‘LADI?

ID: 250

04.04.2025

81

Savol:

Har bir o‘qilgan namozdan keyin o‘tgan yillardagi o‘qilmagan namozlarim qazosini o‘qib borsam bo‘ladimi? Yoki o‘qilmagan qazo namozlarni qanday ado qilsam bo‘ladi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

O‘z vaqtida o‘qilmagan namoz faqat qazosini o‘tash bilan zimmadan soqit bo‘ladi. Har bir o‘qilgan namozdan keyin qazo namozlarni o‘qishingiz mumkin. Ko‘p yil o‘qilmagan namozlarning qazosini o‘qishda tartib shart emas, lekin shunda ham ular orasidagi o‘zaro tartibga rioya qilish (ya’ni oldin bomdod, keyin peshin, so‘ng asrni o‘qish) mustahab hisoblanadi (“Fatovoyi Hindiya” kitobi).

Qazo namozlarni kunning istalgan paytida o‘qish mumkin. Faqat uch mahal bundan mustasno: quyosh chiqayotgan payt, kun qiyomga (tikkaga) kelganda va quyosh botayotganda. Mana shu uchta vaqtda qazo namozlarini o‘qib bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar