QAZO NAMOZLARINI O'QISH TARTIBI

ID: 6505

24.01.2026

498

Savol:

Qazo namozini xuftondan keyin o'qish kerakmi yo oldinmi? Tartibi qanday bo'ladi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Qazo namozini xuftondan oldin ham, keyin ham o'qish joiz. Ammo zimmasidagi qazolar soni oltitaga etmagan kishi uchun tartib shart bo'lib, avval qazoni, so'ng vaqtli namozni o'qishi vojibdir. Qazo namozlarining faqat farzlari va vitr vojib o'qilib, ularni kunning uch makruh vaqtidan (quyosh chiqishi, qiyom va botishi) boshqa barcha paytda ado etish mumkin. Agar vaqtli namozning chiqib ketish xavfi bo'lsa yoki qazolar soni oltitadan ko'p bo'lsa, tartib soqit bo'ladi va avval vaqtli namoz o'qilaveradi. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar