QAZO NAMOZLARINI O'QISH TARTIBI

ID: 4732

02.12.2025

292

Savol:

Assalomu alaykum. Menda Asr va Shom namozi qazo bo'ldi va Xufton namozi vaqti kirdi. Asr va Shom namozining qazosini qachon o'qiyman?

Javob:

Vaalaykum assalom. Agar zimmangizdagi qazo namozlari soni oltitaga etmagan bo'lsa, tartibga rioya qilish vojibdir. Shuning uchun, hufton vaqti chiqib ketishidan xavf bo'lmasa, avval asr qazosini, keyin shom qazosini o'qib, eng oxirida huftonni ado etasiz. Bordiю qazolaringiz ko'p bo'lib, sohibi tartib bo'lmasangiz, avval huftonni o'qib olishingiz joiz. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar