QAZO NAMOZLARI HAQIDA SAVOLLAR

ID: 8422

28.02.2026

296

Savol:

Qazo namozlarini to‘g‘ri va tartibli ado qilish bo‘yicha fiqhiy izoh bersangiz.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. O'z vaqtida o'qilmagan namoz faqat qazosini o'tash bilan zimmadan soqit bo'ladi. Har bir o'qilgan namozdan keyin qazo namozlarni o'qishingiz mumkin. Ko'p yil o'qilmagan namozlarning qazosini o'qishda tartib shart emas, lekin shunda ham ular orasidagi o'zaro tartibga rioya qilish (ya'ni oldin bomdod, keyin peshin, so'ng asrni o'qish) mustahab hisoblanadi (“Fatovoyi Hindiya” kitobi).

Qazo namozlarni kunning istalgan paytida o'qish mumkin. Faqat uch mahal bundan mustasno: quyosh chiqayotgan payt, kun qiyomga (tikkaga) kelganda va quyosh botayotganda. Mana shu uchta vaqtda qazo namozlarini o'qib bo'lmaydi. Vallohu a'lam. Ko'proq ma'lumotni ushbu havolalar orqali ma'lumot olishingiz mumkin. https://t.me/diniysavollar/4446 https://t.me/diniysavollar/4523 https://t.me/diniysavollar/4530

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar