QAYTA NIKOH O'QITISH MUMKINMI?

ID: 2412

05.09.2025

1873

Savol:

Assalomu aleykum. Menda shunday savolim bor edi: agar er ayoliga 3 taloqsan deb 3 marta aytsa va ular birga 1 yil yashamasa, qanday shartlar bilan ular yarashib qayta nikoh o’qitishlari mumkin?

Javob:

Er o‘z ayoliga bir lafzda "uch taloqsan" deyishi yoki alohida-alohida uch marta "taloqsan" deb aytishi bilan oraga katta boin taloq, ya’ni "taloq mug‘allaza" tushadi. Bu eng og‘ir va qat’iy taloq hisoblanib, shundan so‘ng er-xotin bir-biriga butunlay begonaga aylanadi va ularning qayta nikohlanishi aslo mumkin emas. Bunda ularning bir yil yoki undan ko‘proq vaqt davomida alohida yashagani hukmni o‘zgartirmaydi.

Shu sababli, uch taloq aytilganidan so‘ng er pushaymon bo‘lib, ayoli bilan yarashishni istasa ham, shar’an bunga yo‘l qolmaydi. Ularning qaytadan nikoh o‘qitishlari harom hisoblanadi. Oila muqaddasligini saqlash, taloq masalasiga yengil qaramaslik va boshqa bir qancha hikmatlar uchun islom shariati bunday qat’iy chegarani belgilagan. Shu bois, "uch taloq" aytishdan oldin uning oqibatlarini chuqur anglash o‘ta muhimdir.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar