QAYT QILSA TAHORAT BUZILADIMI?

ID: 539

04.04.2025

1157

Savol:

Odamni ko‘ngli behuzur bo‘lib qayt qilsa tahorati buziladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Og‘iz to‘ldirib qayt qilish bilan tahorat buziladi. Ammo qaytning miqdori og‘iz to‘lishidan oz bo‘lsa tahorat buzilmaydi.

Qaytda og‘iz to‘lish miqdori borasida ham ulamolarimiz turli qarashlarni aytib o‘tishgan. Jumladan, Burhoniddin ibn Moza al-Buxoriy bu haqda shunday deganlar:

وَحَدُّ مِلْءِ الفَمِ مَا لاَ يُمْكِنُ ضَبْطُهُ، وَفِي بَعْضِ الْمَوَاضِعِ مَا لاَ يُمْكِنُ ضَبْطُهُ أَلَّا يُخْرِجَ، وَعَنْ الفَقِيْهِ أَبِي جَعْفَرٍ الْهِنْدُوَانِيِّ أَنَّهُ قَالَ: مِلْءُ الْفَمِ أَنْ يُعْجِزَهُ عَنْ الكَلاَمِ

“Qaytda og‘iz to‘la bo‘lishining chegarasi uni og‘izda ushlab tura olmaslik bilan belgilanadi. Ba’zi o‘rinlarda esa uni “Og‘izdan chiqarib tashlashdan boshqa chora qolmagan”lik bilan izohlangan.  Faqih Abu Ja’far Hinduvoniy: “Qaytda og‘iz to‘lishi – u bilan kishi gapira olmay qolishi bilan o‘lchanadi” degan” (“al-Muhiytul Burhoniy”). Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar