QAYSI YIGITNI TANLASHIM KERAK?

ID: 4640

28.11.2025

173

Savol:

Men bir yigit bilan ikki yil gaplashganman. O'zim ham yoqtiramanmi yoki yo'qmi, bilmadim: bu o'rganib qolishmi yoki sevgi? Boshqa bir yigitdan sovchi kelayapti. U bola ham yaxshi bola, ammo men qaysi birini tanlay? O'zim gaplashgan yigit bilan gaplashsam ham, lekin ko'nglimda oldingiday muhabbat yo'q. Sovchi qo'ygan bolaga ham ko'nglim uncha tortmayapti. Nima qilsam bo'ladi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Avvalo, o'tmishdagi noshar'iy suhbatlar uchun tavba qilishingiz kerak. U ishlar gunohdir. Qaror qabul qilishda esa aql va shariatga suyaning. Oila mustahkamligi juftingizning diyonati va xulqiga bog'liqdir. Ikki nomzodning qay biri taqvoliroq va mas'uliyatliroq ekanini surishtirib, Allohdan xayrlisini so'ragan holda istixora namozini o'qishingizni tavsiya qilamiz. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar