Quyosh tikkaga kelgan vaqt qaysi soatga to‘g‘ri keladi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Quyoshning tikkaga kelishini bir vaqtga belgilab bo‘lmaydi. Chunki fasllar o‘zgarishi bilan qiyom vaqti o‘zgarib turadi. Buning ustiga turli mintaqalarda ham qiyomning vaqti turlicha bo‘ladi.
Abdulloh ibn Amr raziyallohu anhudan rivoyat qilingan uzun hadisda Rasululloh sallalohu alayhi vasallamdan namozlarning vaqti haqida so‘raldi. U Zot: "Bomdod namozining vaqti quyoshning avvalgi shoxi chiqmaguncha, Peshin namozining vaqti quyosh osmon qornidan zavolga ketgandan", – dedilar. Zavolni bilish uchun tekis joydagi biror narsaning soyasiga nazar solish kerak. Agar soya to‘xtab tursa, qiyom vaqti (quyosh tikkaga kelgan vaqti) bo‘ladi. Agar soya uzaya boshlasa, zavol vaqti bo‘ladi (“Kifoya” kitobi, 1-jild)
Xullas, asl soya uzaya boshlaguncha namoz o‘qilmay turadi. Qiyom vaqti 7-8-10 daqiqagacha cho‘zilib, bunda viloyatlar bir biridan biroz farq qiladi. Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.