QAYNONA KELIN MUNOSABATI HAQIDA

ID: 726

04.04.2025

61

Savol:

Uylanganimga ikki yildan oshdi, bir yarim yosh o‘g‘lim bor. Ayolimning aytishicha onam kelinni ortidan har bir ishini kuzatib kamchilik topar ekanlar, hatto bu haqida qo‘shnilarga ham aytar ekanlar. Ayolim nima qilsa ham gap topib berar ekanlar, ayolim u gaplarga chidolmay kechasi bilan yig‘lab chiqadi, qanday yo‘l tutishim kerak?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Bunday holatlarda er onasi va xotini o‘rtasini isloh qilish yo‘lini tutishi kerak. Adolat bilan ish tutib, ularni kelishtirish yo‘llarini izlaydi.

Oilaviy mojarolar, asosan qaynona kelin o‘rtasidagi tushunmovchiliklarning bosh sababi, dinimiz ta’limotlaridan uzoqlashib ketganimizdandir. Aslida, kelin qaynota-qaynonasiga xizmat qilishi, hozirda xalqimiz tushunganchalik darajada emas. Buni qaynota-qaynonalar to‘g‘ri qabul qilishlari kerak. Kelinni ularga xizmat qilishi, kelinni ularga qilgan ehsoni bo‘ladi. Qaynota-qaynonalar buni tushunib, qadriga yetishlari kerak. Savolda aytilganidek kelinni har bir ishidan ayb qidirmasdan uning haqqiga duo qilib, kamchiliklarini chiroyli yo‘l bilan to‘g‘irlab, kelinga ham o‘z farzandlariga ko‘rsatgan mehrini berishlari kerak.

O‘z o‘rnida kelinlar ham erlari ota-onalarining xizmatiga buyursa, erlariga itoat etib, qaynota-qaynonani xizmatlarini qilishsa, ham erlarini roziligini oladi ham keksa qaynota-qaynonalarini duolarini olishadi. Mana shu o‘lchovlar bilan ish tutsak, oilalarimizda turli kelishmovchiliklar o‘z-o‘zidan barham topadi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar