Men o‘zim Toshkentda yashayman. Oilam va uyim ham shu yerda. Xozirda Marg‘ilonda ishlashni boshladim. Dushanbadan Jumaga qadar Marg‘ilondaman, shanba va yakshanba Toshkentda. Marg‘ilonda o‘zim bilan o‘g‘lim yashaydi. Men namozlarimni qanday tartibda o‘qiyman, shunga oydinlik kiritib bersangiz iltimos?
Oilangiz va doimiy yashash joyingiz Toshkentda bo‘lgani uchun u yer sizning vatani asliyingiz hisoblanadi. Marg‘ilonga har safar 15 kundan kam muddatga, ya’ni 5 kunga borganingiz uchun u yerda musofir hukmida bo‘lasiz. Shu sababli, Marg‘ilonda to‘rt rakatli farz namozlarni qasr qilib o‘qiysiz, asl vataningiz bo‘lgan Toshkentga kelganingizda esa namozlarni to‘liq ado etasiz.