QASR NAMOZI HAQIDA

ID: 2863

27.09.2025

515

Savol:

Assalomu aleykum. Odam ish bilan uyidan 100 km uzoqlikka borsa namozini qasr o‘qiydimi? Bekoboddan Chinozgacha yo‘l bilan o‘lchanganda 129 km. Lekin havo orqali ya’ni to‘g‘ridan to‘g‘ri o‘lchanganda 89.5 km tashkil qilmoqda. Shunda nomoz qasr o‘qiladimi ustoz?

Javob:

Kishi ko‘zlagan manziliga qaysi yo‘ldan yursa, o‘sha yo‘lning uzunligiga qarab safar hukmlari tatbiq qilinadi. Demak, Bekoboddan Chinozga boradigan yo‘lingiz 90 kilometrdan ortiq bo‘lsa, siz musofir hisoblanasiz.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar