QARZNI QIYOMATGA QOLDIRISH

ID: 4800

04.12.2025

88

Savol:

Assalomu alaykum. Do'stimning mendan qarzi bor. Har safar qarzimni so'raganimda aniq javob bermaydi. Savolim shuki: qarzni qanday holatlarda qiyomatga qoldi deb aytsa bo'ladi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Qarzdor qarzini to'lamay vafot etsa va ortidan to'lashga etarli meros qolmasa, shundagina haqqingizni olish qiyomatga qolgan hisoblanadi. Modomiki qarzdor tirik ekan, haqqingizni chiroyli uslubda talab qilishda davom eting.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar