Assalomu alaykum. Do'stim mendan ko'p qarz olib turadi va uni ortig'i bilan qaytaradi. Men unga qarshi edim, lekin u o'z roziligi bilan berayotganiga, indamadim. Qarzidan tashqari berayotgan puli men uchun halolmi yoki harom? Javob uchun oldindan rahmat.
Vaalaykum assalom. Shariatimiz qoidasiga ko'ra, foyda keltirgan har qanday qarz ribo hisoblanadi. Garchi o'rtada oldindan kelishuv bo'lmasa-da, agar qarzga qo'shib berish doimiy odat tusiga kirsa yoki urfga aylanib qolsa, ushbu ortiqcha mablag' ham ribo hukmida bo'lib, uni olish aslo joiz emas. Shuning uchun, do'stingiz o'z roziligi bilan bersa ham, bunday ustamani rad etib, faqat bergan qarzingizning aslini olishingiz lozim. Zero, qarz berishdan maqsad moddiy manfaat emas, balki Alloh rizoligi va mo'minning og'irini engil qilishdir. Vallohu a'lam.