Assalomu alaykum. Men ishlarim orqaga ketib, juda ko'pchilikdan qarz bo'lib qoldim. Ularning aksariyati og'ziga kelgan so'zlar bilan meni haqorat qilayapti va bolalarimni, o'zimni qarg'ayapti. Bu narsa meni tushkunlikka tushirib qo'yyapti. Haqdor odamning qarzdorni haqorat qilishga va qarg'ashga haqqi bormi? Haqiqatdan ham hozir qaytarishga imkonim yo'q. Lekin kechaю kunduz qaytarish uchun ishlayapman. Biroq hech ishim o'xshamayapti. Qarg'ishlar menga tegishidan xavotirdaman.
Va alaykum assalom. Shariatimiz qoidalariga ko'ra, agar qarzdor haqiqatan nochor holatda bo'lsa, haqdor unga muhlat berishi kerak.
Qarzdorni duoibad qilish va qarg'ash faqat u to'lashga qodir bo'la turib, qasddan cho'zib юrgan zolim bo'lsagina joiz sanaladi. Siz qarzni uzish uchun tinimsiz harakat qilayotgan ekansiz, shar'an uzrli hisoblanasiz va haqdorlarning zulm o'laroq qilgan nohaq qarg'ishlari sizga ham, oilangizga ham ziyon etkazmaydi.
Aksincha, sizni nohaq haqorat qilganlarning o'zlari gunohkor bo'lib, bu ishlari bilan oxiratdagi nasibalarini kamaytiradilar. Shunday ekan, tushkunlikka tushmasdan, Allohdan kushoyish so'rab, halol mehnat va sa'y-harakatda sobit bo'ling.