QARZ VA ЮK MASHINASI UCHUN ZAKOT HISOBLASH

ID: 7423

14.02.2026

326

Savol:

Assalomu alaykum. Men 2020 yili bir kishiga, farzandi saraton bilan kasallangani va qo'lida naqd puli bo'lmagani uchun 100 ming dollar bergan edim. Biroq u odam nihoyatda boy bo'lishiga qaramasdan, pulni qaytarishga shoshilmadi. 2023 yilda o'rtaga boshqa bir kishi tushib, 40 ming dollar naqd pul va bir юk mashinasini berdi, qarzni juda qiynalib qaytarib oldim. O'sha vaqtda mashina menga 60 ming dollarga o'tgan edi. Birinchi yili mashinadan 10 ming dollar foyda ko'rdim va bu foydani boshqa bir kishiga qarzi hasana sifatida berdim (uni haliyam qaytarishmadi). Keyingi ikki yil ichida mashinadan юk tashishda zarar ko'rdim va kecha uni 53 ming dollarga sotdim. O'rtada turgan odamga qarzdor pul 2025 yil to'liq qaytargan. Ushbu holatda mashina va qarz uchun qancha zakot berish kerak?

Javob:

Vaalaykum assalom. Bergan 100 ming dollar qarzingiz qo'lingizga qaytib kelgach, qarzdorda turgan o'tgan yillar (ya'ni 2020-2023) uchun zakot chiqarishingiz vojibdir. Юk mashinasini ishlatish maqsadida olganingiz uchun uning qiymatidan zakot berilmaydi (ya'ni, sizning egaligingizda turgan davr uchun), ammo uni sotganingizdan tushgan 53 ming dollar va boshqa naqd mablag'laringizni qo'shib, zakot chiqaradigan kuningizda jamidan zakot berasiz. Birovga bergan 10 ming dollar qarzingiz uchun ham zakot hisoblanadi. Uni xohlasangiz hozir, xohlasangiz pulni qaytarib olganingizda o'tgan yillar uchun jamlab to'lashingiz mumkin. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar