CAVOL: Misol uchun A ismli shaxs mashina sotuvchisi. Mashinalarini 10 mingdan sotayotgan bo‘lsa, B ismli shaxs uning mashinasini sotib olmoqchi bo‘lsa, A ismli shaxsga “Men senga tijoratingni yanada rivojlantirish uchun ma’lum miqdor qarz beraman, faqat 10 minglik mashinani menga 7 mingga sotasan”, deb kelishsa bo‘ladimi?
JAVOB: Bismillahir Rohmanir Rohim. Shariatimizda bunday kelishuv joiz emas. Chunki har qanday qarz foyda keltirsa, ribo hisoblanadi. Bunga Payg‘ambarimiz alayhissalomdan naql qilingan quyidagi hadis ham dalolat qiladi: "كلُّ قرض جرَّ منفعة فهو ربا" (رواه البيهقي) “Har qanday manfaat keltirgan qarz – ribodir” (Imom Bayhaqiy rivoyati). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.