QARZ

ID: 5490

25.12.2025

65

Savol:

Bo'lib to'lash uchun telefon harid qilsa masalan , naqdga olsa boshqa narx, bo'lib to'lashga boshqa narxda sotib olsa bo'ladimi, bu ham riboga koradimi

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. O'z molini bo'lib to'lashga sotish sudxo'rlik hisoblanmaydi. Avvalgi narxi ustiga qo'yilgan narx uning foydasi bo'ladi. Faqat nasiya savdoda bir nechta shartlar borki o'shalarga rioya qilish kerak bo'ladi.

🔹 Nasiya savdoning muddati aniq bo'lishi kerak; 🔹 Nasiyaga sotilgan mahsulotning narxi aniq bo'lishi kerak; 🔹 Xaridor qarzini kelishilgan vaqtda uza olmasa, qo'shimcha foiz qo'shilmasligi kerak.

Demak, nasiya savdoning ko'rinishi quyidagicha, sotuvchi: “Mana shu telefonni 500 mingga olti oy muddatga nasiyaga sotdim”, – desa, xaridor: “Shu muddatga, shu narxga oldim”, – deydi. Shu bilan savdo to'liq bo'ladi, telefon xaridorni mulkiga o'tadi, sotuvchidan xaridor 500 ming qarzdor bo'lib qoladi.

Agar sotuvchi naqdga olsang 100 ming, nasiyaga olsang 150 ming desa, lekin shu paytni o'zida naqd yoki nasiyadan biriga kelishmay ajrab ketsalar, bu savdo joiz emas. Lekin ikki narxning biriga kelishsalar, savdo durust bo'ladi (“Buhus fi qozoya fiqhiyya muosiro” kitobi). Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar