QARZ

ID: 2825

25.09.2025

38

Savol:

Assalamu alaykum domla, avvalom bor vaqtizni ajratganiz uchun rahmat, Qisqacha qilib chunturaman, domimizni sotdik va uchastka (hovli) oldik, va bu hovlini remontiga pul kerak bo’lip qoldi. Dadam bizga aytmasdan juda yaqin tog’alaridan qarz oldilar, va uyni qolgan remontini bitirdilar, va adami ishlari yurushmi qoldi va qarzi qaytarolmay qoldilar, lekin uzib berish niyatida yuribdilar, va bir necha bor bizga ya'ni oila azolarimizga ham bosim qilishga harakat qilishdi "dadangni qarzini hammang berlaring" deb, lekn biz qarzni qaytarish niyatidamiz, va qarindoshlarni orasida Bu uy harom deb gap tarqatishvotti ekan, shu gap rostmi? Va bizga bosim otqazishlari ham tog’rimi?

Javob:

Qarz evaziga ta’mirlangan uy aslo haromga aylanib qolmaydi, chunki qarz uyga taalluqli emas, balki otangizning zimmasiga tegishlidir. Shariatda qarz kimning nomidan olingan bo‘lsa, o‘sha inson javobgar hisoblanadi, shu sababli qarz beruvchilarning butun oilaga bosim o‘tkazishi noo‘rindir. Aksincha, dinimiz qarzdorga qiyinchilik yetganda unga muhlat berishga va sabr qilishga undaydi. Otangizning niyati qarzni uzish ekan, imkoniyat topilishi bilan uni ado etishi lozim. Eng asosiysi, bu holat sababli qarindoshlar orasidagi silai rahm uzilib qolmasligiga harakat qilinglar.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar