Assalomu alaykum. Otamning qarzlari ko'p, hozirda sog'lom emaslar, kasb qilmaydilar. Akam va men otamning qarzlarini to'lab kelmoqdamiz, lekin juda katta qarzlari bor. Alloh qodir qilgancha beryapmiz. Savolim shuki. Otamning jigarlari bor (opa-singil va akalari). Ular juda katta mulkdor insonlar, qarzni to'lash ular uchun hech qanday mushkulot emas, lekin otamga yordam berishmaydi. Ularning fikricha, otam bu qarzni bizni boqish uchun olgan ekanlar, shu sabab bu qarzni biz, akam va men to'lashimiz kerak ekan. Bu gapni shaxsan o'zimga aytishgan. Silai rahm farz bo'lsa, bu qarzni ular berishi kerak emasmi? Otamning jigarlariga nima farz, biz farzandlarga nima farz? Savolim uzun bo'lgani uchun uzr so'rayman.
Vaalaykum assalom. Shariatda silai rahmni bog'lash qarindoshning qarzini to'lashni taqozo qilmaydi. Agar ular kafil bo'lmagan bo'lsalar, shar'an to'lashga majbur emaslar. Qarz otangiz va sizlarning ehtiyojingiz uchun olingan ekan, uni uzishda farzandlarning g'ayrat qilishi ham insoniylik, ham farzandlik burchidir. Boshqalardan moddiy yordam kutib, ta'magir bo'lishdan, berishmasa gina qilishdan saqlaning. Otangizning og'irini engil qilayotganingiz uchun ajrni Allohdan so'rang. Vallohu a'lam.