Assalomu alaykum. Yaqinda bir gap eshitdim: dada tarafdan kimdir o'tib qolsa, bir oy tuxum emaslik kerak ekan. Bu aniq bid'atga o'xshaydi, lekin aniq bilish uchun so'rab olay degandim. Javob uchun oldindan rahmat.
Vaalaykum assalom. Dinimizda bunday ko'rsatma yo'q. Bu ayrim odamlar o'ylab topgan xurofot amaldir. Halol mahsulotlarni inson istagan vaqtda eyishi mumkin: ﴿ قُلْ مَنْ حَرَّمَ زِينَةَ اللَّهِ الَّتِي أَخْرَجَ لِعِبَادِهِ وَالطَّيِّبَاتِ مِنَ الرِّزْقِ قُلْ هِيَ لِلَّذِينَ آمَنُوا فِي الْحَيَاةِ الدُّنْيَا خَالِصَةً يَوْمَ الْقِيَامَةِ كَذَٰلِكَ نُفَصِّلُ الْآيَاتِ لِقَوْمٍ يَعْلَمُونَ﴾ “Sen: “Alloh O'z bandalariga chiqargan ziynatlarni va pokiza rizqlarni kim harom qildi?!” deb ayt. “Ular hayoti dunyoda iymon keltirganlarga, qiyomat kunida esa faqat o'zlariga xosdir”, deb ayt. Biladigan qavmlar uchun oyatlarni mana shunday mufassal bayon qilamiz” (A'rof surasi, 32-oyat). Ushbu oyatlar kiyim kiymay tavof qilishni, haj mavsumida yaxshi taom iste'mol etmaslikni o'zlariga odat qilib olib, bu Allohning amri, deb юrgan arab mushriklarining qilmishlari noto'g'ri ekanini bildirish uchun tushgan. Demak, inson kim bo'lishidan qat'iy nazar shariatda halol bo'lgan narsani harom qilishga haqqi yo'q. Ta'ziyali xonadonda unday narsa eb bo'lmaydi, bunday narsa eb bo'lmaydi, deyishdan ehtiyot bo'lish lozim. Aks holda юqoridagi oyat hukmi ostiga tushib qolishi mumkin. Vallohu a'lam.