Odamlar orasida qarg‘ish degan gaplar yuradi dinimizda bu haqida ma’lumotlar berilganmi? Ya’ni bir odam boshqa kishini qarg‘asa qarg‘ishi tegadimi?
Bismillahir Rohmanir Rohim.
Qarg‘ish degani bir inson boshqa inson xaqqiga yomon duo qilish deganidir. Agar biror kishi mazlum xolatda yomon duo qilsa duosi ijobat bo‘ladi.
Rasululloh sollallohu alayhi vasallam Muoz roziyallohu anhuni Yamanga yubora turib shunday deganlar: “Mazlumning duosidan ehtiyot bo‘l. Zero uning duosi bilan Alloh taoloning o‘rtasida parda-to‘siq yo‘qdir” (Muttafaqun alayh). Vallohu a’lam.
O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi.