QANDAY SUVLAR BILAN TAHORAT QILINADI?

ID: 686

04.04.2025

9

Savol:

Ta’mi, hidi va rangi o‘z tabiiyligini yo‘qotmagan har qanday suvni tahorat va g‘uslga ishlatish joizmi?

Javob:

Bismillahir rohmanir rohiym.

Mashhur fiqhiy kitobimiz “Muxtasarul Viqoya”da quyidagi suvlar tahorat va g‘uslga yaroqsizligi keltirib o‘tilgan.

ولا يتوضاء بماء اعتصر من شجر او ثمر ولا بماء استعمل لقربة او رفع حدث

Quyidagi uch xil suv bilan tahorat va g‘usl qilinmaydi:

  1. O‘simliklar va mevalardan siqib olingan suv. Chunki, bu narsaning to‘laqonli suv emasligi hammaga ma’lum.
  2. Qurbat uchun ishlatilgan suv. Bunda tahorati bo‘la turib savob uchun yana tahorat qilish ko‘zda tutilgan bo‘ladi.
  3. Betahoratlikni ketkazish uchun ishlatilgan suv. Ya’ni, tahorat va g‘uslga ishlatilgan suv.

Bundan tashqari oz suvga najosat tushsa va u suvning rangi, hidi va ta’mini o‘zgartirmasa ham, bunday suv tahorat qilishga yaramaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar