QANCHA TURISHI ANIQ BO'LMAGAN MUSOFIRNING NAMOZI

ID: 4367

20.11.2025

94

Savol:

Assalomu alaykum va rahmatullohi va barokatuh. Namozni qasr o'qish musofir uchun vojibdir. Men ko'proq musofir holatda ishlayman. Ishga kelganimda ishimni necha kunda tugatishimni aniq bilmayman, ko'p holatda 10 va 20 kun orasida ishimni tugataman deya taxmin qilsam, namozni qasr o'qiymanmi yoki odatdagidek o'qiymanmi?

Javob:

Va alaykum assalom va rahmatullohi va barokatuh. Hanafiy mazhabiga ko'ra, 90 km masofaga borishni qasd qilib yo'lga chiqqach, biror joyda 15 kun yoki undan ortiq qolishni qat'iy niyat qilib, o'sha joyga etmaguningizcha musofir sanalasiz va namozlarni qasr o'qiysiz. Modomiki ishingiz qachon tugashi noaniq bo'lib, 15 kun turishga aniq qaror qilmas ekansiz, garchi 20 kun yoki undan ortiq qolib ketsangiz ham, musofir hukmida qolaverasiz. Qachonki o'sha joyda 15 kundan kam turmaslikni aniq niyat qilsangizgina, namozlaringizni to'liq o'qishga o'tasiz. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar