QALDIRG‘OCH VA MUSICHA (QUSHLAR)NI O‘LDIRISH MASALASI

ID: 1846

14.08.2025

29

Savol:

Assalomu alaykum va Rahmatullohi va Borakotuxu, qushlardan qaldirg‘och va musichani o‘ldirish gunohmi (boshqa turdagi parrandalarga nisbatan), ov qilish maqsadida yoki qasddan. Javob uchun oldindan rahmat, Alloh rozi bo‘lsin.

Javob:

Ovdan maqsad o‘yin-kulgu, ermak yoki shunchaki qasddan jonzotni o‘ldirish bo‘lsa, bu makruh va gunohdir. Agar go‘shtini yeyish, sotish yoki boshqa biror ehtiyoj uchun ovlansa, buning zarari yo‘q. Shunga ko‘ra, qaldirg‘och va musichani ham boshqa parrandalar kabi biror zaruratsiz, qasddan o‘ldirishdan qaytariladi.

Bu haqda "Mavsuatul fiqhiyya" kitobida shunday deyilgan:

وَيُكْرَهُ الصَّيْدُ إِذَا كَانَ الْغَرَضُ مِنْهُ التَّلَهِّيَ وَالْعَبَثَ ؛ لِقَوْلِهِ صَلَّى اللَّهُ عَلَيْهِ وَسَلَّمَ : (لاَ تَتَّخِذُوا شَيْئًا فِيهِ الرُّوحُ غَرَضًا) رواه مسلم

ya’ni: "Ovlashdan maqsad o‘yin-kulgu bo‘ladigan bo‘lsa makruhdir. Zero, Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: "Joni bor narsani nishon qilmanglar" deganlar" (Imom Muslim rivoyatlari).

Bu mavzuda "Fatovoi Tatarxoniyya" kitobida shunday deyilgan:

قَالَ أَبُو يُوسُفَ : إذَا طَلَبَ الصَّيْدَ لَهْوًا وَلَعِبًا فَلَا خَيْرَ فِيهِ وَأَكْرَهُهُ ، وَإِنْ طَلَبَ مِنْهُ مَا يَحْتَاجُ إلَيْهِ مِنْ بَيْعٍ أَوْ إدَامٍ أَوْ حَاجَةٍ أُخْرَى فَلَا بَأْسَ بِهِ

ya’ni: "Abu Yusuf rahmatullohi alayh aytadilar: "Agar ovlashdan maqsad o‘yin-kulgu bo‘lsa, unda yaxshilik yo‘qdir va men uni xush ko‘rmayman. Agar ovlashdan maqsad sotish, iste’mol qilish va shu kabi foydali narsalar bo‘lsa unday ovlashning zarari yo‘qdir".

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar