QABRISTONDA OVQATLANISH MUMKINMI?

ID: 552

04.04.2025

70

Savol:

Bir birodarimiz go‘rkov bo‘lib ishlaydi. Shu kishi qabristondagi joyda ovqat qilib bizni mehmon qilmoqchi. Biz qabristonda ovqatlanish joizmas desak, unday emas deyapti. Shu masalada aniqlik kiritib bersangizlar?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Qabriston vaqf joy bo‘lib u yerga oxiratni, o‘limni eslash va marhumlarning haqqiga duo xayr qilish uchun boriladi.

Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “O‘lim nasihat olish uchun yetarli hodisadir”, deganlar (Imom Tabaroniy rivoyati).

Abu Hurayra raziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Biringizning bir cho‘g‘ ustiga o‘tirib, kiyimi titilib, terisigacha yetib borishi uning uchun qabrga o‘tirganidan yaxshidir”, dedilar. (Imom Muslim rivoyati).

Qabristondan boshqa joylarda ham yemakxonalar ko‘paygan paytda qabrstonni yemakxonaga aylantirib  olishdan saqlanish kerak. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi 

Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar