QABRGA TOSHIGA ISM YOZISH

ID: 5021

11.12.2025

161

Savol:

qabrtoshning ustiga oʻtgan odamning ism familyasini va tugʻilgan va vafot etgan sanasini yozib qoʻysa boʻladimi?

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim. Qabrga biror narsa yozib qo'yilishi haqida Alloma Ibn Obidin rahimahulloh shunday deganlar:

لَا بَأْسَ بِالْكِتَابَةِ إنْ اُحْتِيجَ إلَيْهَا حَتَّى لَا يَذْهَبَ الْأَثَرُ وَلَا يُمْتَهَنَ

“Qabr bilinmay ketishi va oyoq osti bo'lmasligi uchun yozib qo'yishga ehtiyoj tug'ilsa, (belgi sifatida) yozib qo'yishning zarari yo'q”

إنَّهُ يُكْرَهُ كِتَابَةُ شَيْءٍ عَلَيْهِ مِنْ الْقُرْآنِ

“Qabr ustiga Qur'ondan biror oyat yozish makruhdir” (“Raddul muhtor” kitobi).

Demak, qabrga dafn etilgan kishiga belgi bo'ladigan miqdorda yozish joiz, lekin undan ortiq yozish joiz emas. Agar yozishga hojat yo'q bo'lsa, yozmagani avlodir. Qabrga oyat va hadislarni yozish mutloq joiz emas. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar