Assalomu aleykum, meni qo‘lim shilinib azgina qon chiqib qotib qolsa tahoratim buzilgan hisoblanadimi?
Bismillahir rohmanir rohim. Bu borada Fiqhiy kitoblarimizda, jumladan Hidoyaning sharhi Inoyada shunday deyiladi:
( فَإِنْ قُشِرَتْ نَفْطَةٌ فَسَالَ مِنْهَا مَاءٌ أَوْ صَدِيدٌ أَوْ غَيْرُهُ إنْ سَالَ عَنْ رَأْسِ الْجُرْحِ نَقَضَ ، وَإِنْ لَمْ يَسِلْ لَا يَنْقُضُ) وَقَالَ زُفَرُ رَحِمَهُ اللَّهُ يَنْقُضُ فِي الْوَجْهَيْنِ
"Agar yara archilsa (shilinsa) va undan suv, yiring yoki boshqa narsalar chiqsa va jarohatning bosh qismidan oqadigan darajada bo‘lsa, tahoratni sindiradi. Agar oqmaydigan darajada bo‘lsa, sindirmaydi. Imom Zufar har ikki holatda sindiradi deganlar". Vallohu a’lam.