JANOZA NAMOZIDA TAKBIRLARNI TO‘RTTADAN KAM AYTISH

ID: 991

04.04.2025

162

Savol:

Eshitishimcha janoza namozida imom necha marta “Allohu akbar” desa, imomga iqtido qilgan kishilar ham shuncha marta “Allohu akbar” deyishi kerak ekan. Mabodo aytmasa namozi buzilarmish. Shunga aniqlik kiritib bersangiz.

Javob:

Bismillahir Rohmanir Rohim.

Janoza namoziga kirishdagi takbir (“Allohu akbar”) va undan keyingi uch takbirni aytish imomga farz bo‘lgani kabi, iqtido qiluvchilarga ham farzdir. Agar iqtido qiluvchi takbirlardan birini aytmasa, janoza namozi durust bo‘lmaydi. Chunki undagi har bir takbir to‘rt rakatli namozning har bir rakaatiga o‘xshaydi. Bu haqda fiqhiy manbalarimizda quyidagicha kelgan:

أن كل تكبيرة من تكبيرات صلاة الجنازة قامت مقام ركعة حتى لو ترك تكبيرة منها لا تجزئه الصلاة كما لو ترك ركعة من ذوات الأربع ("الميحط البرهاني") .

ya’ni: Janoza namozining takbirlaridan har biri bir rakaat namozning o‘rnidadir. Hatto, janozaning to‘rt takbiridan biri tark qilinsa, namoz durust bo‘lmaydi, xuddi to‘rt rakaatli namozdan bir rakaati o‘qilmasa namoz durust bo‘lmaganidek (“Al-Muhitul burhoniy” kitobi). Demak, janoza namozida har gal imom takbir aytganda, iqtido qilgan kishi ham imomga ergashib takbirni aytishi farz hisoblanadi. Aks holda namozi durust bo‘lmaydi. Vallohu a’lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi  Fatvo markazi.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar