NOROZI BO'LIB QARZDAN KECHSA

ID: 4282

18.11.2025

67

Savol:

Assalomu alaykum, ustozlar. Men do'stimdan $50 olgan edim. Biroz muddatdan keyin do'stim "Shu pulni kechdim senga" dedi, ammo юzida qalban norozidek ko'rindi. Savolim shuki: Bir kishidan qarzdor bo'lsa, u odam kechdim desa va qalbida norozi bo'lsa, nima bo'ladi? Shu pul halol bo'ladimi?

Javob:

Vaalaykum assalom. Shariatimizda qarz beruvchi tilida «kechdim» desa, garchi hukman qarz soqit bo'lsa-da, mol halol bo'lishi uchun egasining chin ko'ngildan roziligi shart qilingan. Agar beruvchining qalbida norozilik borligini yoki majburan aytganini bilsangiz, bu mablag'ni olish sizga diyonatan halol bo'lmaydi. Shuning uchun, do'stingizning chin dildan roziligiga ishonch hosil qilmasangiz, pulni qaytarib berishingiz taqvoga yaqinroqdir. Vallohu a'lam.

O‘zbekiston musulmonlari idorasi Fatvo markazi

Mavzular

Eng ko‘p o‘qilgan savollar